''YIL AYOLI-2025'' tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi








Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘zlarini munosib hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘lishi bilan birga o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlar nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tanlovda shahrimizdagi korxona, tashkilot, muassasalarida mehnat qilayotgan hamda uy bekalari bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etishdi. Tanlovni shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari Gulnoraxon Jo‘raboyeva kirish so‘zi bilan ochib, mazkur tanlov ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning jamiyatdagi nufuzini yanada mustahkamlash hamda oila va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini e’tirof etish maqsadida tashkil etilganligini ta’kidlab o‘tdi. Tanlovda ko‘rsatilgan nizom bo‘yicha ishtirokchilarning mahoratlarini hakamlar hay’ati odilona baholab bordi. Tanlov yakunida hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, nizomda ko‘rsatilgan barcha shartlarni namunali bajargan eng faol va eng ilg‘or ayollaring nomlari e’tirof etilib, munosib taqdirlandi. Unga ko‘ra, «Yilning eng vatanparvar ayoli» nominatsiyasi bo‘yicha Muhabbat Uraimova, «O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli» nominatsiyasi bo‘yicha Xilola Mashrabboyeva, «Eng ilg‘or tadbirkor ayol” nominatsiyasi bo‘yicha Shoiraxon Iskandarovalar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar. Gʻoliblarga shahar hokimligining faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


"Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid” mavzusida tadbir o‘tkazildi

“Ommaviy diktant” tadbiri o‘tkazildi


FUQAROLAR MUROJAATI DOIMIY E’TIBORDA





