Marg‘ilon shahridagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Investitsiya dasturi asosida 10 mlrd 800 mln so'm mablag' sarf etilib mukammal ta’mirdan chiqarildi hamda maktabga 420 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurildi








Marg‘ilon shahridagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Investitsiya dasturi asosida 10 mlrd 800 mln so'm mablag' sarf etilib mukammal ta’mirdan chiqarildi hamda maktabga 420 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurildi Marg‘ilon shahar "Yovqochar" MFY hududida joylashgan 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1925-yilda tashkil etilgan bo'lib, joriy yilda ushbu ta'lim muassasasi faoliyatiga 100 yil to'ldi. Mazkur o'quv dargohida investitsiya dasturi asosida 10 mlrd. 800 mln so'm mablag' maqsadli sarf etilishi natijasida 420-o‘rinli yangi o‘quv binosi qurilib, eng so'nggi rusumdagi kompyuter va texnika jihozlari bilan ta'minlangani, maktabdagi mavjud 4 qavatli o‘quv binosi va sport zalida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilganligi bir asrlik tarixga ega maktab va uning pedagogok jamoasi uchun qo'shaloq quvonch bo'ldi. Maktabda yangi qurib bitkazilgan o'quv binosining tantanali ochilish marosimida viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Sherzod Dolimov, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat boshqarmasi boshlig'i Madiyor Turdimov, shahar hokimligi vakillari, maktabning faxriy ustozlari hamda nuroniylar ishtirok etdi. Ramziy lenta qirqilganidan so'ng mehmonlar zamonaviy ko'rinishda ko'rkam chiroy ochgan keng va yorug' o'quv xonalari, ta'lim maskanida o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirishdi. Ta'kidlash joizki, bugungi kunda ushbu ta'lim dargohida milliy va xalqaro sertifikatga eg bo'lgan oliy toifaga ega uztozlar tomonidan maktabning yuqori sinf o'quvchilari uchun alohida tashkil etilgan sinflarda ona tili, ingliz tili, kimyo va biologiya fanlari chuqurlashtirilgan tartibda o'rgatilib kelinmoqda. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad esa o'quvchilarni fanlarni o'zlashtirish bo'yicha milliy sertifikatlarni qo'lga kiritishlari va bu orqali oliy o'quv yurtlariga muddatidan avval talaba bo'lishlariga ko'maklashishdan iborat.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



MARGʻILONDA YANGI IT MARKAZI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

''YIL AYOLI-2025'' tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi






