Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
166
18
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1502025-11-05 18:02

MARGʻILONDA YANGI IT MARKAZI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2106005540811915.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2106005540814305.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2106005540815500.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2106005540816695.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2106005540817890.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2106005540819085.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2106005540819085.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2106005540820280.jpg

Bugun IT sohasiga ishtiyoqi baland bo‘lgan marg‘ilonlik yoshlar uchun yana bir katta imkoniyatlar eshigi ochildi. Shahardagi «Guliston» MFY hududida zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan IT markazi foydalanishga topshirildi. Markazning tantanali ochilish marosimida shahar hokimi Sh.Nisbatxonov, shahar prokurori A.Boboxo‘jayev, shahar IIB boshlig‘i F.Bektoshev, mahalla nuroniylari, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etishdi. Yoshlarda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan ushbu markaz bir vaqtning o‘zida 200 nafar yoshlarni o‘zida birlashtira oladi. Markazdagi mavjud xonalar zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, so‘nggi rusumdagi kompyuter hamda boshqa elektron vositalar bilan to‘liq ta’minlangan. Ushbu zamonaviy bilimlar maskanida yoshlar AT, robototexnika, SMM, dasturlash, mobilografiya kurslarida malakali ustozlardan bilim olib, zamonaviy kasblarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, yoshlarda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish ushbu markazda kutubxona ham tashkil etilgan. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu markaz shahar yoshlari uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi, ularning eng sevimli va manfaatli maskaniga aylanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz