Marg‘ilon qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumida o‘quvchilar “Ausbildung” dasturi bo‘yicha ta’limning navbatdagi bosqichini Germaniya davlatida dual ta’lim shaklida davom ettiradi








Xorijiy ish beruvchilarning talab va buyurtmalari asosida malakali kadrlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida Germaniyaning “Askania Bildung” kompaniyasi bilan hamkorlikda vodiyda yagona bo‘lgan Marg‘ilon qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumida nemis ta’lim dasturi asosida “Ausbildung” tizimini joriy etish yo‘lga qo‘yildi. E’tiborli jihati shundaki, “Ausbildung” tizimi bo‘yicha o‘qish muddati texnikumlarda 3 yil etib belgilanib o‘quvchilar o‘qish muddatining birinchi yilini (7 oy davomida) O‘zbekistonda qolgan ikki yilini esa Germaniyada amalga oshirishi rejalashtirilgan. Ushbu dasturga asosan texnikumga 17-26 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan bo‘lib, hozirgi kunda o‘quvchilarga nemis tilini “B2” va “C” bilish darajasi sertifikatiga ega bo‘lgan malakali mutahassislar ta’lim berib kelmoqda. Qabul kvotasi buyicha “Askania Bildung” kompaniyasi tomonidan ajratilgan kvota asosida Marg‘ilon qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumiga 2025-o‘quv yilida 250-nafar o‘quvchilar davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan bo‘lib, hozirgi kunda o‘quvchi yoshlar qurilish texnologiyasi elektrotexnika logistika kabi 3 ta kasbiy fanlar bo‘yicha ta’lim olib kelmoqdalar. Texnikumda o‘quvchilar 1-kursda 7 oy davomida nemis tili va kasbiy fanlar bo‘yicha tahsil oladi hamda nemis tilini bilish bo‘yicha kamida B1 darajadagi Sertifikat olgan o‘quvchilar 3 oy davomida Germaniya davlatida amaliyot o‘taydi. Keyingi bosqichda Germaniyadagi kasbiy ta’lim tashkilotlarida 2-bosqichdan grant asosida dual ta’lim shaklida o‘qishni davom ettiradi. “Ausbildung” tizimi asosida ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasi davlat namunasidagi diplom hamda hamkor xorijiy tashkilotning tegishli hujjati (diplom yoki sertifikat) beriladi. Texnikumda ta’lim olish davrida nemis tilini bilish B1 darajasidan past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan o‘quvchilarga mazkur ta’lim dargohida 3 yillik o‘qish davrini a’lo baholarga yakunlagandan keyin texnikum tavsiyanomasi asosida Oliy ta’lim muassasasida test sinovlarisiz 2-bosqichga suhbat asosida o‘qishni davom ettirish imkoniyati beriladi. “Askania Bildung” kompaniyasi mablag‘lari hisobidan zarur bo‘lgan o‘quv adabiyotlarni tarjima qilish, chop etish, metodik ta’minlash hamda nemis tili fani o‘qituvchilariga qo‘shimcha ustama haki to‘lanishi ta’minlangan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



MARGʻILONDA YANGI IT MARKAZI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

''YIL AYOLI-2025'' tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi






