Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
222
28
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2632026-01-14 08:54

Vatan himoyachilari bayrami keng nishonlandi!

http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2113193607829300.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2113193607831690.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2113193607834080.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2113193607836470.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2113193607837665.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2113193607838860.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2113193607840055.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2113193607840055.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Marg‘ilon shahridagi Madaniyat markazida tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirni shahar hokimi Shukurulloxon Nisbatxonov tabrik so‘zi bilan ochib, jangovar postida doimo hushyor va sergak turib, yurtimiz sarhadlarini ko‘z qorachig‘idek asrab kelayotgan mard va jasur, sodiq o‘g‘lonlar mehnatini alohida e’tirof etib o‘tdi hamda Vatanimiz ozodligi yo‘lida aziz jonini fido qilgan jasur o‘g‘lon Boburjon Gʻaniyevning oila a’zolari hamda bir guruh fidoiy harbiylarga bayram sovg‘alarini taqdim etdi. Tadbir doirasida Madaniyat markazining sohirnafas san’atkorlari tomonidan yoshlar qalbida yurt himoyasiga bo‘lgan shijoatni yanada yuksaltirish maqsadini madh etuvchi qo‘shiqlar ijro etildi. Sharqiy harbiy okrugda joylashgan harbiy qismlar harbiylarining jangovor chiqishlari, harbiy qurol va texnikalarning namoyishi ishtirokchilar yuragida ona yurtga bo‘lgan iftixor va g‘ururni yanada yuksaltirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz