Ma'muriy-hududiy tuzilishi
Marg‘ilon — Farg‘ona viloyatidagi shahar. Farg‘ona vodiysining jan. qismida, Oloy tog‘lari etagida joylashgan. Farg‘ona shahridan 10–12 km shim.da, 475 m balandlikda. Yaqin t.i. stansiyasi — Marg‘ilon (4 km). Iyulning o‘rtacha temperaturasi 25—26°, yanv.niki —3,5°. Marg‘ilonning jan. chekkasidan Jan. Farg‘ona kanali va shahar ichidan Marg‘ilonsoy oqib o‘tadi. Aholisi 183,2 ming kishi (2002; 1973 yilda 117 ming , 1939 yilda 46 ming , 1897 yilda 36 ming kishini tashkil etgan), asosan, o‘zbeklar (89,3%), shuningdek, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. M.dan 3–4 km janubroqda joylashgan Yangi Marg‘ilon (sobiq Gorchakova) shaharchasi M. shahar Kengashiga qaraydi. M. to‘g‘risidagi dastlabki yozma maʼlumotlar 10-asrga taalluqli. O‘sha davrlarda shahar 'Marg‘inon' deb atalgan va keyinchalik har ikki nomi ham ishlatilib kelingan. M. nomining kelib chiqishi haqida aniq bir maʼlumot yo‘q. Ayrim toponimistlar 'marg‘' — 'maysazor', 'o‘tzor'dan deb taxmin qiladilar.
M. 'murg‘' va 'yunon' so‘zlaridan degan mahalliy to‘qima rivoyat ham bor. Ibratniig 'Tarixi Farg‘ona' qo‘lyozma asarida yozilishicha, shaharga 883 yilda asos solingan. Arxeologik topilmalar M. o‘rnida mil. boshlaridan aholi yashab kelayotganligini, 10-asrda u katta qishloq bo‘lganligini, 11 — 12-asrlarda esa shaharga aylanganligi tasdiqlamoqda. V. V. Bartold 'Mo‘g‘ullar istilosi davrida Turkiston' asarida Qoraxoniylar davrida ham M. viloyatning bosh shahri hisoblanganligini qayd etgan. 'Boburnoma'da M. Farg‘onadagi 8 ta shahardan biri ekanligi, shaharning obodligi, shirin mevalari haqida so‘z yuritilib, uning 'donai kalon' deb ataluvchi anori va 'subhoniy' navli o‘rigi maqtaladi. Shaharning qad. qismida o‘tkazilgan arxeologik qazilmalar natijasida M.ga bundan 2 ming yil avval asos solinganligi aniqlandi. Mahalliy maʼlumotlar bo‘yicha shaharning 12 darvozasi bo‘lgan. Buyuk ipak yo‘lida joylashgan M. aholisi qadimdan atlas to‘qish bilan shug‘ullanib kelgan va shu tariqa uni jahonga mashhur qilgan. M.ning shoyi matolari Misr, Eron va Yunoniston, Qashg‘ar savdogarlari tomonidan ko‘plab harid qilingan. Shuningdek, M.da do‘ppido‘zlik, misgarlik rivojlangan, shaharda vaqt-vaqti bilan tanga ham zarb qilingan.
Shahar turli davrlarda Temuriylar, Shayboniylar davlatlari, keyingi davrda Qo‘qon xonligi tarkibida bo‘lgan. 1875 yilda rus qo‘shinlari tomonidan bosib olingan. M.da oq podsho maʼmurlari zulmiga qarshi qaratilgan, tarixda maʼlum bo‘lgan 'Po‘latxon qo‘zg‘oloni' (1873— 76), mahalliy aholini Rossiyadagi front orti ishlariga zo‘rlab olib ketilishiga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘oloni (1916) bo‘lib o‘tgan. M. 1876—1926 yillarda Farg‘ona viloyatining uyezd shahri bo‘lgan, so‘ngra Farg‘ona okrugi miqyosidagi shaharga aylantirilgan. 1927 yilda M.da birinchi pillakashlik f-kasini qurishga kirishildi. Bundan tashqari, ikkita elektr stansiyasi, bosmaxona, mexanika ustaxonasi, non va limonad z-dlari bor edi. Keyinroq mexanizatsiyalashgan ko‘nchilik z-di, taxta tilish sexi, poyabzal f-kasi foydalanishga topshirildi. Shoyi to‘qish artellari yiriklashtirildi, bir qancha yangi hunarmandchilik korxonalari ishga tushirildi. 1963 yilda badiiy gazlamalar ishlab chiqaruvchi hunarmandchilik artellari negizida 'Atlas' firmasi vujudga keldi (1976 yildan 'Atlas' ishlab chiqarish birlashmasi). Shaharda 20 ga yaqin sanoat, 8 avtotransport korxonalari, 17 qurilish tashkiloti bor (2002). 'Turonshoyi', A. Navoiy nomli ipak gazlamalar va mexanika, 'Farg‘onasut', yog‘ochsozlik korxonalari mavjud. 'Do‘stlik— Marg‘ilon' qo‘shma korxonasi, 600 dan ortiq kichik va xususiy korxona, markaziy dehqon bozori, 'Marg‘ilon' mehmonxonasi, avtobuslar shohbekati, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari ishlab turibdi. M.da hunarmandchilik (ayniqsa, do‘ppido‘zlik, tandirchilik, misgarlik) rivojlangan. 34 umumiy taʼlim maktabi, 'Istiqbol' gimnaziyasi, milliy xunarmandchilik va aniq fanlar litseylari mavjud bo‘lib, ularda 200 o‘quvchi taʼlim oladi. 2 musiqa, 2 kasb-hunar maktabi, qurilish, tijorat, hisob-kredit, tibbiyot va pedagogika kollejlari, maxsus maktab, mehribonlik uyi, 'Shoyi' kompaniyasining ipakchilik in-ti faoliyat ko‘rsatmoqda.
12 jamoat va bolalar kutubxonasi (168 ming kitob), 6 madaniyat uyi (jumladan, markaziy madaniyat uyi), Y. Oxunboboyev memorial muzeyi, madaniyat va sanʼat muzeyi, 'Nurxon' xalq teatri, madaniyat va istirohat bog‘i bor. 'Al Hidoya' xotira majmui mavjud. Shahar televideniyesi va radioeshittirishlari qo‘mitasi ishlab turibdi. M.vodiydagi yirik shaharlar bilan avtomobil yo‘llari orqali bog‘langan. 'Marg‘ilon haqiqati', 'Turon shoyisi' gaz.lari chiqarilmoqda. Shaharda 1037 o‘ringa mo‘ljallangan kasalxonalar, 2 tibbiyot sanitariya qismi, Salomatlik markazi, tez tibbiy yordam markazi va boshqa tibbiy muassasalarda 422 vrach, 1599 o‘rta tibbiy xodim xizmat qiladi. 'Atlaschi' va 'Turon' stadionlari, 33 sport zali, ko‘plab voleybol, basketbol va futbol maydonlari, 3 bolalar va yoshlar sport maktabi bor. 56 ta jismoniy tarbiya jamoasida 43 ming nafardan ziyod yoshlar shug‘ullanmoqda. Meʼmoriy yodgorliklardan Pir Siddiq majmui ('Kaptarlik', 18-asr o‘rtalari), Xo‘ja Mag‘iz maqbarasi (18-asrning birinchi yarmi), Chokar, Toronbozor masjidlari (20-asr boshlari), Saidahmad Xoja Eshon madrasasi (19-asr oxiri) va boshqa saqlanib qolgan. M.da buyuk alloma Burhoniddin Marg‘inoniy yashab o‘tgan, shoira Uvaysiy (Jahon Otin) tug‘ilgan va boshqa bir qancha mashhur kishilar ijod qilganlar.
Marg‘ilon (boshqa nomlari Margilan, Margelan) — O‘zbekiston shaharlaridan biri. Farg`ona viloyatida joylashgan. Aholisi 190,2 ming kishi. Shaharda 30 dan artiq millat va elatlar istiqomat qiladi. Jumladan, 91,9 % o`zbeklar, 3,1 % ruslar, 1,4 % tatarlar. Shahr iqlimi — kontinental, qish yumshoq, yoz esa juda issiq keladi.
Geografik kordinatlari:40°28' 16 N Shimoliy kenglik, 71°43' 29 E Sharqiy uzunlikda. Dengizdan 487 metr balandlikda. Marg‘ilon shahri ming yillardan beri o‘zining usta-hunarmandlari, olimu fuzalolari bilan dunyoga mashhurdir. 2007-yil YUNESKO qaroriga binoan shahrning 2000 yillik tantanalari o‘tkaziladi. Qadimiy Xitoy yozma manbalarida Dovonda Lar gi shahri keltirilgan, Xitoy olimlari ilmiy ishlarida bu shahar Hozirgi Marg‘ilon shahriga tog‘ri keladi va bu shahar 2700 yil tarihga ega ekanligini isbotlaydi.
Marg‘ilon Tarixi
Afsonalarga ko‘ra, Marg‘ilonga Iskandar Zulqarnayn tomonidan asos solingan.Aytishlaricha Zulqarnayn ovqatlangani to‘htaganda, unga Murg` yaʼni tovuq va Non berilgan ekan va shundan Murg`inon bo‘lib shaharni nomi kelib chiqqan ekan.Lekin boshqa ishonchliroq maʼlumotlarga qaraganda Marg`ilon Miloddan Keyingi IX asrda Buyuk Ipak Yo`lidagi muhim shahrlardan bo‘lgan.XV asrda yashab o‘tkan vatandoshimiz va Boburiylar imperiyasining asoschisi Bobur o‘zinig Boburnoma kitobida «ko‘b yahshi narsalarga boy shahar.Uning Shaftolilari va Anorlari ham ko‘b yahshidur» deb yozgan.Va uning aytishicha «Samarqand ning va Toshkent ning eng ko‘zga ko‘ringan bezori va urishqoqlari Marg‘ilonliklardir». 1710-1876 yillarda Qo'qon xonligi davrida shahar Marg‘ilon bekligi markazi, xonlikning muhim strategik ahamiyatga molik kenti bo‘lgan. Marg‘ilon Chor Rossiyasi hukmronligi davrida Turkiston guberniyasi takibidagi, Farg'ona viloyati, Marg‘ilon uezdi markazi bo‘lgan. Shaharda hamma zamonlarda ham hunarmandchilik va savdogarlik yuksak darajada rivojlangani maʼlum. Shuningdek, Marg‘ilonni 'Sunduqul orifiyn' (Oriflar sandig‘i) deydilar. Bunga sabab esa bu shahardan juda ko‘p olimu fuzalo, oriflarning chiqqanidir. Marg‘ilon savdogarlari O`rta Osiyo savdo-sotiq ishlarida muhim rol o‘ynaganlar va Sovet davrida bu shaharni odamlarini qonun bilan chiqishmovchiliklari bo‘lgan.
Yana shaharda,O‘zbekistondagi eng yirik Shoi ishlab chiqaradigan Yodgorlkik Shoi Korhonasi va Turon Shoisi Korhonalari joylashgan.Farg`ona Vodiysiga shoi to‘qish qachon kelganligi nomaʼlum, lekin eski zamonlardan maʼlumki Marg`ilon bu sohada juda mashhur bo‘lgan.
Batafsil Vikipedia saytida biling.
Aholisi:
254
Maydoni:
38.5 kv.km
Tashkil topgan yil:
2000 yil
Rasmiy vebsayti:
margilan.uz
Sanoatning asosiy tarmoqlari:
yoqilg‘i (neftni yengil qayta ishlash), sanoat (paxta tozalash), oziq-ovqat sanoati
Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari:
g‘allachilik, paxtachilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, go‘sht-sut chorvachiligi, parrandachilik, pillachilik