Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
179
18
Sayt test rejimida ishlamoqda...

742025-11-27 09:26

Marg‘ilon shahrida «Vimax» brendi ostida “ASSARTIMENT” MCHJ faoliyati yo‘lga qo‘yildi

http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2108240008023520.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2108240008025910.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2108240008027105.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2108240008028300.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2108240008029495.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2108240008031885.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2108240008033080.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2108240008034275.jpg

Marg‘ilon shahar «Navro‘z» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Aylanma yo‘l mavzesida «Vimax» brendi asosida faoliyatini boshlagan “ASSARTIMENT” MCHJda zamonaviy savdo yo‘nalishida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. “ASSARTIMENT” MCHJ tomonidan Xitoy hamda O‘zbekistondagi yirik ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlangan oshxona jihozlari va kichik turdagi maishiy texnikalar olib kelinib, sifatli qadoqlangan holda ulgurji va chakana shaklda vodiy viloyatlariga yetkazib bermoqda. Xususiy tadbirkor Hadiyatilloxon Jahongirov rahbarligida tashkil etilgan ushbu korxonada hozirgi kunda 45 nafar fuqaro doimiy, shuningdek yana 20 nafari mavsumiy ish bilan ta’minlandi. “ASSARTIMENT” MCHJning faoliyati yo‘lga qo‘yilishi mahalliy aholi bandligini oshirish, savdo aylanmasini ko‘paytirish va iste’molchilarga qulay imkoniyatlar yaratishga xizmat qilmoqda. Loyihaning umumiy hududi 0,8 gektar yer maydonini tashkil etadi. Qiymati 5,0 million AQSH dollariga teng bo‘lgan ushbu investitsiyaviy loyiha doirasida korxona yiliga 35,0 milliard so‘mlik savdoni amalga oshirish quvvatiga ega. Mazkur MCHJning ishga tushirilishi Marg‘ilon shahrida tadbirkorlikni rivojlantirish, ichki bozorga zamonaviy mahsulotlarni yetkazib berish va iqtisodiy faollikni oshirishda ham muhim o‘rin tutadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz