Marg‘ilon shahrida “Kitobxon Ayol” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi








2025-yil Farg‘ona viloyatida “Kitobxonlik yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan joylarda kitobxonlik targ‘ibotiga bag‘ishlangan tanlovlar o‘tkazilib kelinmoqda. Xususan bugun Marg‘ilon shahar Ixtisoslashtirilgan maktabida ayol-qizlar o‘rtasida kitob o‘qish madaniyatini targ‘ib qilish, ularning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish hamda ijtimoiy faolligini kuchaytirish maqsadida “Kitobxon Ayol” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Marg‘ilon shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu ko‘rik-tanlovda “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan kitobxon xotin-qizlar ishtirok etib, o‘z bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazdilar. E’tiborli jihati shundaki, tanlovda ikkinchi va uchinchi shartlar jadid bobomiz Abdulla Qodiriy qalamiga mansub “O‘tkan kunlar” hamda sevimli adibimiz O‘tkir Xoshimovning “Ikki eshik orasi” romanlari asosida savol-javob hamda sahna ko‘rinishi tarzida o‘tkazildi. Tanlovda ishtirokchilar o‘qigan asarlari asosida tayyorlagan chiqishlari, tezkor savol-javoblar orqali o‘z bilim va dunyoqarashlarini namoyish etdilar. Ularning badiiy tafakkuri, asarni tahlil qilish qobiliyati, nutq madaniyati va til boyligidan foydalanish darajasi asosida baholash ishlari olib borildi. Tanlov yakunida munosiblar saralanib shahar hokimligi tomonidan faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

FUQAROLAR MUROJAATI DOIMIY E’TIBORDA

Sayyor qabul: FUQAROLAR MUROJAATI DOIMIY E‘TIBORDA

FUQAROLAR MUROJAATI DOIMIY E’TIBORDA
