Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
135
16
Sayt test rejimida ishlamoqda...

932025-10-07 16:20

Marg'ilonda korxona, tashkilot hamda ta'lim muassasalari xodimlaridan sport sinovlari qabul qilindi!

http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2103004046854040.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2103004046857625.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2103004046857625.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2103004046858820.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2103004046860015.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2103004046875550.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2103004046876745.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5148-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Marg'ilon shahridagi korxona, tashkilot hamda ta'lim muassasalari xodimlari o‘rtasida sport sinovlari o‘tkazildi. Tadbirda so‘z olganlar aholining "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari jamiyatimizda jismoniy faollikni oshirish, aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatli ekanligini taʼkidladi. Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari ommaviy badantarbiya va tanani qizdirish mashqlarini o'tab, sport sinovlarini topshirishga kirishdi. Test sinovlarini topshirish davomida xodimlarning jismoniy tayyorgarligi baholandi. Sport sinovlarini topshirish istagini bildirgan xodimlar tezlik, kuch, chidamlilik va egiluvchanlik sifatlarini aniqlashga qaratilgan mezonlar bo‘yicha ixtiyoriy va maxsus talablar asosida sport sinovlarini topshirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz