SIZDAN BOSHLANADI ASLI TAFAKKUR!







Har birimiz istalgan sohada mehnat qilmaylik, albatta ustoz va murabbiylarga ehtiyoj sezamiz. Avvaliga maktabgacha ta’lim muassasasi, keyin maktab, navbati bilan oliy o‘quv yurtida ustozlardan saboq olamiz. Yangi hayot ostonasida ilk qadamlarini tashlashga cho‘chib turgan jajji bolakayga volidaning mehri, e’tibori qanchalik zarur bo‘lsa, dunyo imoratlari ichida eng ulug‘ makon hisoblangan – maktabda qo‘liga endigina qalam ushlab “Ona” so‘zini yozishga chog‘lanayotgan o‘quvchiga ham o‘qituvchining qo‘magi shunchalik zarur. 1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami Marg‘ilon shahridagi Madaniyat markazida keng tantana qilindi. Bayram tadbirini shahar hokimi Shukurulloxon Nisbatxonov tabrik so‘zi bilan ochib, ustozlarni samimiy muborakbod etar ekan, ertangi kunimiz egalari bo‘lgan barkamol avlodni xalqimiz, yurtimiz koriga yaraydigan, mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘zining munosib hissasini qo‘sha oladigan darajada ilmu hunarli etib tarbiyalashda ko‘rsatayotgan samarali mehnatlari uchun ustozlarimizga butun hamshaharlarimiz nomidan o‘zining chuqur minnatdorchiligini izhor etdi hamda ularga shahar hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alarini topshirdi. Bayram dasturi sohirnafas san’atkorlarning dilrabo kuy-qo‘shiqlariyu ustoz-murabbiylarning dilbar xiromlari bilan yanada o‘zgacha tus oldi. Ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini sochadigan moʻtabar zot - o‘qituvchi va murabbiylarimizga bugungi kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, deymiz!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Vatan himoyachilari bayrami keng nishonlandi!





MARGʻILONDA YANGI IT MARKAZI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI





