Endi Marg‘ilonda elektr taʼminoti yaxshilanadi(mi?)!








“ATLAS” PODSTANSIYASI TO‘LIQ YANGILANMOQDA: QUVVAT 4 BAROBARGA OSHIRILDI! Marg‘ilon shahrida joylashgan 110/35/6 kVli “Atlas” podstansiyasida keng ko‘lamli yangilash ishlari boshlandi. Mazkur podstansiya hududdagi eng yirik energiya taqsimlovchi markazlardan biri bo‘lib, uning modernizatsiyasi nafaqat Marg‘ilon, balki shahar atrofidafi tumanlarning ham aholi punktlarini elektr ta’minoti bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirda podstansiyada quvvati 16 000 kVA bo‘lgan kuch transformatori zamonaviy, yuqori ishonchlilikka ega 63 000 kVA transformatorga almashtirildi. Bu yangilanish evaziga transformator quvvati to‘rt barobarga oshirilib, tarmoqning yuklama bardoshliligi sezilarli darajada kuchaytirildi. Yangilanish ishlari faqat bitta qurilma bilan cheklanmaydi. Podstansiyasidagi barcha mavjud qurilmalar, avtomatika va himoya tizimlari, shuningdek, boshqa elektr jihozlari ham zamonaviy, energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan qurilmalarga to‘liq almashtirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi — aholiga barqaror, xavfsiz va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish, avariyaviy uzilishlar xavfini kamaytirish hamda hududdagi sanoat va ijtimoiy infratuzilmalarni qo‘llab-quvvatlashdir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

E ’ L O N! Hurmatli tadbirkor va ishbilarmon fuqarolar diqqatiga!!!


MARGʻILON SHAHRIDA TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

"UCH AVLOD UCHRASHUVI" TADBIRI OʼTKAZILDI

XALQARO DO‘STLIK KUNI MARGʻILONDA KENG TANTANA QILINDI