Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
101
4
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1542025-08-06 11:27

E ’ L O N! Hurmatli tadbirkor va ishbilarmon fuqarolar diqqatiga!!!

http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2096581651605885.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-132-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorning 2.2-ilovasi bilan “Marg‘ilon shahrini 2025-2026 yillarda jadal kompleks rivojlantirish” Dasturi qabul qilingan. Ushbu dasturga ko‘ra, Davlat-xususiy sheriklik asosida hamda “Yoshlar xiyoboni” istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish orqali Marg‘ilon shahri qiyofasini o‘zgartirish, yashil hududlarni ko‘paytirish hamda aholiga madaniy xordiq chiqarishlari uchun qulay sharoitlar yaratish belgilangan. Davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan Marg‘ilon shahar “Roxat” MFY B.Marg‘iloniy ko‘chasida joylashgan “Yoshlar xiyoboni” istirohat bog‘ida 2025-2026-yillar davomida 100,0 mlrd.so‘m miqdorida investisiya kiritish va 250 nafar yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan. Ushbu Loyiha doirasida: 1 ta 300 o‘rinli xususiy maktab; 1 ta 200 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti 1 ta 100 o‘rinli IT-park; 1 ta yopiq suzish havzasi; 50 dan ortiq savdo va servis ob’yektlari; 15 ta zamonaviy attraksionlar tashkil etish belgilangan. Mazkur loyihani amalga oshirish istagini bildirgan tadbirkorlar va investorlar bir oy muddat ichida loyiha takliflarini shahar hokimligi Loyiha ofisiga taqdim etishlari mumkin. Manzil: Marg‘ilon shahar, “Mustaqillik” ko‘chasi 448 a-uy Murojaat uchun tel: Loyiha ofisi rahbari A. Azamov tel: 93-645-58-18

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz