Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
101
4
Sayt test rejimida ishlamoqda...

3032025-07-31 13:08

"UCH AVLOD UCHRASHUVI" TADBIRI OʼTKAZILDI

http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2095969434657475.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2095969434658670.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2095969434659865.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2095969434661060.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2095969434662255.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2095969434662255.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2095969434663450.jpg

Marg‘ilon shahrida joylashgan Madaniyat markazida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasi bo‘lim boshlig‘i A.Umarov, "Nuroniy" jamg‘armasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi Z.Raxmonov, O‘zbekiston Qahramoni Botir Temirovlar ishtirok etdi. Tadbir doirasida so‘z olganlar tomonidan keksa avlodning faol vakillari tomonidan bugungi Yangi O‘zbekistonda mehnat qilish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish va ta’lim olish istagida bo‘lgan har bir fuqaroga yaratilayotgan imkoniyatlarga havas bilan qaralayotgani ta’kidlandi. Mavjud imkoniyatlarning qadrini bilish va ulardan samarali foydalanish zarurligiga e’tibor qaratildi. Tadbirda o‘rta avlod vakillari ham o‘z fikr va tashabbuslarini  bildirib o‘tdilar. Ular tomonidan bu kabi uchrashuvlarning yanada ko‘proq uyushtirilishi taklif etildi. Ta’kidlash joizki, bu kabi ma’naviy muloqotlar orqali yoshlarga keksa avlodning ibratli hayot tajribalari yetkazilishi, bunday suhbatlar jonli maktab vazifasini o‘tashi qayd etildi. Yoshlar tomonidan ham tadbirda faol ishtirok etildi, ularning shaxsiy yutuqlari va amalga oshirilayotgan ishlari haqida ma’lumotlar berildi. Uchrashuv davomida avlodlar o‘rtasidagi tajriba va bilim almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz