Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
101
4
Sayt test rejimida ishlamoqda...

3112025-07-29 20:17

XALQARO DO‘STLIK KUNI MARGʻILONDA KENG TANTANA QILINDI

http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2095793672478880.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2095793672520705.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2095793672546995.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2095793672566115.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2095793672584040.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2095793672621085.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2095793672630645.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2095793672641400.jpg

Do‘stga sadoqat, birdamlik kabi ezgu tuyg‘ular xalqimiz orasida qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Mamlakatimizda ham 30 iyul – Xalqaro do‘stlik kuni sifatida keng nishonlanadi. Sana munosabati bilan bugun Marg‘ilon shahridagi Diyor majmuasida bayram konsert dasturi tashkil etildi. Millatlararo do‘stlik namunalari aks etgan tadbirda viloyatimizda istiqomat qilib kelayotgan turli millat vakillari jam bo‘ldilar. Shuningdek, to‘kin dasturxonlarni bezagan turli millatlarning bir-biridan totli taomlari tadbirga yanada ko‘tarinkilik ulashdi. Marosimda so‘z olganlar ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad insonlar, xalqlar, davlatlar – umuman olganda jamiyatning turli qatlamlari hamda tuzilmalari o‘rtasida hamjihatlik, bag‘rikenglik, millatlararo totuvlikni mustahkamlash va do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirishdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tishdi. Konsert dasturi davomida shahar Madaniyat markazi san’atkorlari ijrosidagi do‘stlik, birdamlikni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar yig‘ilganlar ko‘ngliga xushnudlik ulashib barchani birdek raqsga chorladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz