Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
164
18
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1302025-11-03 14:46

Marg‘ilon shahrida 120 o'rinli DXSH asosidagi yangi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2105784984982055.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2105784984984445.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2105784984985640.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2105784984986835.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2105784984986835.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2105784984988030.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2105784984989225.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2105784984990420.jpg

Bugun Marg‘ilon shahridagi “Kosibchilik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida xususiy tadbirkor Mashxura Egamberdiyeva tashabbusi bilan "MINI AKADEMIYA" nomli DXSH asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali ochilish marosimida shahar hokimi Sh.Nisbatxonov, shahar prokurori A.Boboxo‘jayev, nuroniylar hamda mahalla faollari ishtirok etishdi. Ushbu DXSH loyihasi doirasida 1 mlrd 200 million so‘m mablag‘ sarflanib, ta'lim tashkiloti binosi zamonaviy ko'rinishda yangi qurib bitkazildi. 120 nafar kichkintoyni o‘z bag‘riga oladigan yangi maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil topishi natijasida 12 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan. Ushbu zamonaviy muassasada kichkintoylarning sifatli ta’lim va tarbiya olishlari, har tomonlama sog‘lom o‘sib-ulg‘ayishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilindi. Tarbiyalanuvchilarga rus va  ingliz tillari o‘rgatiladi, shuningdek, gimnastika va mental arifmetika mashg‘ulotlari ham tashkil etilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz