“Ommaviy diktant” tadbiri o‘tkazildi





O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ–308-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli nazorat rejalari ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan rejalarga muvofiq, davlat tili siyosatini yanada takomillashtirish, tashkilot hujjatlarini to‘liq davlat tilida yuritilishini ta’minlash, xodimlarning til madaniyatini oshirish hamda davlat tiliga e’tiborni kuchaytirish bo‘yicha amaliy ishlar tashkil etimoqda. Mazkur yo‘nalishda bugun Marg’ilon shahar Inson ijtimoiy hizmatlar markazi xodimlari ishtirokida «Ommaviy diktant» tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda shahar hokimining maslahatchisi U.Mahmudov hamda shahardagi 1-DIUMning ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi M.Yunusovalar ishtirok etib, ona tilimizning sofligini asrash, yozma savodxonlikni oshirish va milliy qadriyatlarga hurmat borasida o‘z fikrlarini bildirdilar. Tadbir davomida ishtirokchilar “Ona tili — muqaddas” mavzusida diktant yozdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


FUQAROLAR MUROJAATI DOIMIY E’TIBORDA

Marg‘ilon shahar IIB boshlig‘i tomonidan "Sayyor qabul" o‘tkazildi

Marg'ilonda O‘zbek tili bayrami munosib nishonlandi

FIDOYI MAHALLA XODIMLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI





