Marg‘ilon shahar IIB boshlig‘i tomonidan "Sayyor qabul" o‘tkazildi




Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning Ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqotini ta’minlash maqsadida Marg‘ilon shahar IIB boshlig‘i F.Bektoshev tomonidan "Istiqlol" MFY binosida navbatdagi "Sayyor qabul" o‘tkazildi. "Sayyor qabul" davomida jismoniy va yuridik shaxslardan turli masalalarda jami 21 ta murojaat kelib tushdi. Shulardan 8 tasi joyida ijobiy hal etildi, 9 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirishlar berildi. Qolgan 4 ta murojaat bo‘yicha esa mas’ullarga kompleks o‘rganish topshirig‘i berilib ijrosi nazoratga olindi. Shuningdek 16 yoshga to‘lgan 3 nafar yoshlarga IIB boshlig‘i tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik pasporti va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

FUQAROLAR MUROJAATI DOIMIY E’TIBORDA

Marg'ilonda O‘zbek tili bayrami munosib nishonlandi

FIDOYI MAHALLA XODIMLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI

“Tozalik va ozodalik oyligi” amalda

FUQAROLAR MUROJAATI DOIMIY E’TIBORDA





