Marg'ilonda O‘zbek tili bayrami munosib nishonlandi







Marg'ilon shаhar hokimligi hamda Erkin Vohidov nomidagi Ijod maktabi hamkorligida 21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir avvalida viloyat hokimi maslahatchisi Sohibjamol Tongatarova barchani oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining oʻttiz olti yilligi bayrami bilan tabriklab, oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyat ekanligini taʼkidladi va bayram arafasida tashkil etilgan tanlov g‘oliblarini taqdirladi. Shundan so‘ng ijod maktabining o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, Margʻilon shahar 8-sonli bolalar Musiqa va sanʼat maktabi o'quvchilarining ijodiy ijrolari namoyish etildi. Tadbir davomida oʻzbek tilini ulugʻlovchi sheʼrlar yangradi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

FUQAROLAR MUROJAATI DOIMIY E’TIBORDA

Marg‘ilon shahar IIB boshlig‘i tomonidan "Sayyor qabul" o‘tkazildi

FIDOYI MAHALLA XODIMLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI

“Tozalik va ozodalik oyligi” amalda

FUQAROLAR MUROJAATI DOIMIY E’TIBORDA





