Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
147
17
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2392025-10-20 15:02

FIDOYI MAHALLA XODIMLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI

http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2104340668302080.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2104340668303275.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2104340668304470.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2104340668305665.jpg

Davlatimiz rahbarining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda mahalla yettiligi tomonidan samarali ishlar olib borilmoqda. Bu borada Marg‘ilon shahridagi MFYlarda ham o‘z kasbiga fidoyilik bilan yondoshib kelayotgan jonkuyar yettilik xodimlari ham bor. Bugun shahar hokimligida o‘z mahallasi hududida xavfsiz muhitni yaratib, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda amaliy ishlar olib borgani, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida samarali ish tashkil etgani uchun bir guruh mahalla xodimlari ham shahar hokimligi tomonidan taqdirlandi. Jumladan 1. "Galatoy" MFY xotin-qizlar faoli N.Mirzaboboyeva 2. "Yovqochar" MFY raisi Zokirjon Yulchiyev 3. "Yoyilma" MFY ijtimoiy xodimi Shahloxon Rahmatova 4. "Qashqar" MFY profilaktika inspektori Davronjon Yusupov 5. Marg‘ilon shahar IIB JXX XPB inspektori Muzaffvrjon Turopov. Mehnati munosib e’tirof etilgan fidoyi xodimlar ko‘rsatilgan e’tibor va rag‘bat uchun shahar hokimiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, bundan keyingi ish faoliyatlarida ham bir yoqadan bosh chiqarib jonbozlik bilan ish olib borishlarini mamnuniyat ila ta’kidladilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz