Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi o‘n beshinchi sessiyasi o‘tkazildi








Sessiyada Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalarga daxldor shahardagi tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi. Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1 sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan shaharda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida shahar prokurori A.Boboxo'jayevning hisoboti; 2. Marg‘ilon shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i F.Bektoshevning huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati, shuningdek jamoat xavfsizligi haqidagi hisoboti to‘g‘risida; 3. Marg‘ilon shahar mahalliy byudjetining 2025-yil uchinchi chorak ijrosi to‘g‘risida; 4. 2025-yil 3-chorak yakuni bo‘yicha jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti to‘g‘risida; 5. Shahar tibbiyot birlashmasi rahbari N.Rahimovning hududda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom-turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi hisoboti; 6. Shaharda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasi, shuningdek, hududlarda atrof-muhitning holati yuzasidan shahar Ekologiya bo‘limi boshlig‘i rahbarining hisoboti to‘g‘risida; 7. Marg‘ilon shahridagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2026 yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida; 8. Boshqa masalalar. Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan hisobot va axborotlar tinglanib, deputatlar o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Ommaviy diktant” tadbiri o‘tkazildi

FUQAROLAR MUROJAATI DOIMIY E’TIBORDA

Marg‘ilon shahar IIB boshlig‘i tomonidan "Sayyor qabul" o‘tkazildi

Marg'ilonda O‘zbek tili bayrami munosib nishonlandi

FIDOYI MAHALLA XODIMLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI





