"Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid” mavzusida tadbir o‘tkazildi







Marg‘ilon shahar hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Manzura Salimova ishtirokida “Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, shahar Kengashi deputatlari hamda yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuvda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, bu boradagi qonunchilik asoslari hamda jamoatchilikning faol ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Deputat Manzura Salimova ishtirokchilarga korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning iqtisodiy va ma’naviy oqibatlari haqida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, har bir fuqaro adolat va halollik tamoyillariga amal qilish orqali bu illatning oldini olishga hissa qo‘shishi zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, yig‘ilish davomida shahardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kuz-qish mavsumiga olib borilayotgan tayyorgarlik jarayonlarini yanada kuchaytirish borasida ham taklif va tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar hamda korrupsiyaga qarshi kurashda jipslik va faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etish zarurligi qayd etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

''YIL AYOLI-2025'' tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi


“Ommaviy diktant” tadbiri o‘tkazildi


FUQAROLAR MUROJAATI DOIMIY E’TIBORDA





