Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
120
8
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1642025-09-11 18:16

Yaponiyaning "Rotary Club of Tokyo Waseda" tashkiloti vakillari Marg‘ilon shahridagi "Jahon ichra" oilaviy korxonasi faoliyati bilan tanishdilar

http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2100327912862195.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2100327912871755.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2100327912875340.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2100327912876535.jpg

Marg‘ilon shahridagi "Yuksalish" mahallasi hududida joylashgan, paypoq ishlab chiqarish faoliyati keng yo‘lga qo‘yilgan ushbu korxonada hozirgi kunda 27 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan. Korxona rahbari dastavval ish faoliyatini oilaviy yo‘lga qo‘yib, keyinchalik ishlab chiqarish hajmini oshirish hisobiga qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini yaratgan. Hozirgi kunda ushbu korxonada bir oyda 70 ming dona paypoq ishlab chiqarilib, qo‘shni Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Qozog‘iston davlatlariga ham eksport qilinmoqda. Yaponiyalik mehmonlar "Jahon ichra" oilaviy korxonasida ish faoliyati hamda xotin-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan bilan tanishar ekanlar, Marg‘ilon shahrida ayollarni ish bilan band qilish, ularning iqtisodiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni alohida e’tirof etdilar. Shuningdek, bugungi kunda Farg‘ona viloyati hamda kunchiqar davlat tadbirkorlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari kengayib borayotganligiga ham to‘xtalib o‘tishdi. Ma’lumot uchun: "Rotary Club of Tokyo Waseda" tashkiloti 1905 yilda tashkil etilgan bo‘lib, jamiyatda ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirish hamda insonlar hayotini yaxshilashga intiladigan shaxslarni birlashtirish bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda dunyo bo‘yicha 1,4 milliondan ortiq "Rotary Club" tashkilotlari va 3,8 milliondan ziyod a’zolari mavjud.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz