Oilalarni mustahkamlash va yarashtirishda nuroniylar asosiy yo‘lboshchilarimizdir







Nuroniylar – jamiyatimizning baquvvat ildizlari, mehr qo‘rg‘onlari. Ular har jabhada yo‘lboshchi va tashabbuskordirlar. Marg‘ilon shahridagi “Nuroniylar maskani”da o‘tkazilgan davra suhbatida ham jamiyatda ularning o‘rni yana bir bor e’tirof etildi. Ijtimoiy hayotda hamisha faolliklari zarurati haqida so‘z yuritildi. Tadbirda “Nuroniylar” jamg‘armasi respublika kengashi mas’ul xodimi Hayriniso Mirzajonova, viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi Yorbek Tillayev, shahar bo‘limi rahbari Sobirjon Toshpo‘latov, shahar hokimi o‘rinbosari Gulnora Jo‘raboyeva va boshqalar so‘z olib, mavzu yuzasidan o‘zlarining fikr va mulohazalari, munosabatlarini bildirib o‘tdilar. Darhaqiqat, bugun oilalarni mustahkamlash eng dolzarb masala. Afsuski, ajrimlar ham ko‘p. Ayniqsa, yosh oilalardagi muammolar, o‘rtadagi farzandlar taqdiri tashvishli. Shuning uchun ham mazkur masalaga alohida e’tibor qaratilib, sentyabr oyi oilalarni mustahkamlash va yarashtirish oyligi deb e’lon qilindi. Bunda nuroniylarning ko‘magiga ehtiyoj juda katta. Davra suhbatida nuroniylar o‘z tajribalarini o‘rtoqlashdilar. Yig‘ilish yakunida sentyabr oyida ko‘pni ko‘rgan yoshi ulug‘lar ishtirokida shahardagi ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni barbod bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularni mustahkam qo‘rg‘onga aylantirish bo‘yicha aniq taklif va mulohazalar bildirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



