Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
120
8
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1582025-09-11 16:43

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi o‘n uchinchi sessiyasi o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2100321287469105.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2100321287475080.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2100321287478665.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2100321287482250.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2100321287484640.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2100321287485835.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2100321287487030.jpg

Sessiyada Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalarga daxldor shahardagi tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi. Sessiya ishiga shahar hokimi, Kengash raisi Shukurulloxon Nisbatxonov raislik qildi. Sessiya kun tartibida quyidagi asosiy masalalar ko‘rib chiqildi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investisiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-440-sonli qarori ijrosi bo‘yicha shaharda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida; 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-223-sonli Farmonining shahardagi ijrosi to‘g‘risida; 3. Marg‘ilon shahrida yoshlar muammolarini tizimli hal etish hamda bandligini ta’minlash borasida hokim va yoshlar uchrashuvlarini o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida; 4. Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratish to‘g‘risida; 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni ijrosini ta’minlashda davlat organlari va tashkilotlarini faoliyatini muvofiqlashtirish to‘g‘risida; 6. Marg‘ilon shahrida aholini ichimlik va oqava suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar to‘g‘risida; 7. Boshqalar. Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan hisobot va axborotlar tinglanib, deputatlar o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz