Marg‘ilon shahridagi “Pichoqchi” mahallasi hududida «Azmur med” nomli yangi klinika o‘z faoliyatini boshladi





Oliy toifali endokrinolog shifokor Azizbek Mamajonov bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda qo‘shimcha yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida Marg‘ilon shahridagi “Pichoqchi” mahallasi hududida «Azmur med” nomli yangi klinika faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Endokrinolog hamda pediatr shifokor ko‘rigi, shuningdek, tibbiy muolajalar xizmati yo‘lga qo‘yilgan ushbu klinikaning ishga tushirilishi natijasida tibbiyot sohasida mutaxassislikka ega bo‘lgan 6 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi. Klinikaning ochilish marosimida shahar hokimi Sh.Nisbatxonov, nuronilar hamda mahalla faollari ishtirok etishdi. Shifokor A.Mamajonov klinika faoliyatini yanada kengaytirish va buning natijasida yana yangi qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini yaratishni maqsad qilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



