Marg‘ilon shahar hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.





Marg‘ilon shahar hokimi Shukurulloxon Nisbatxonov boshchiligidagi tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha fuqarolar qabuli o‘tkazildi. O‘tkazilgan qabulda jami 14 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Qabul davomida uy-joy, kadastr, moddiy yordam, tadbirkorlik va boshqa turli masalalar bo‘yicha murojaatlar ro‘yxatga olinib, 4 ta murojaat ijobiy hal etildi, 3 ta murojaat egasiga huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan murojaatlarni o‘z muddatlarida ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilot va muassasa rahbarlariga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farzand tarbiyasi – eng ulug‘ va muqaddas mas’uliyat


“YANGI O‘ZBEKISTON TAYANCHI, SIZ AZIZ USTOZLAR!”
