Marg‘ilon shahrida Xayriya hashari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda







Erta tongdan shahrimiz ko‘chalari yurtimiz obodligiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishga chog‘langan insonlar bilan to‘ldi. “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan hasharda ozodalik va sarishtalikni shior qilgan ko‘ngilli hamshaharlarimiz hududlarda olib borilgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etdilar. Hashar davomida mahallalar va ko‘chalarda obodonlashtirish ishlari olib borildi, ariqlar chiqindilardan to‘liq tozalandi, joylarda turli mevali va manzarali daraxtlar oqlandi, kabristonlarda tozalash ishlari amalga oshirildi. Bugungi o‘tkazilayotgan xayriya hashari davomida nafaqat hududlar obodligiga e’tibor qaratildi, balki mehr va muruvvatga muhtoj insonlarga ko‘mak ham ko‘rsatildi. Jumladan, “Toshloqtepa” mahallasi yettiligi tashabbusi bilan mahalla hududida yashovchi kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar xolidan xabar olindi. Aslini olganda tozalikni ta’minlash har birimizning fuqarolik burchimizdir. Shunday ekan, bu kabi amallar nafaqat, yilning aynan bir kunida, balki har kuni bajarilishi lozim. Shundagina biz yashayotgan sayyorada tozalik, ozodalik, pokizalik hukm suradi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


“VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN!”

Marg‘ilon shahridagi mahallalarda Mustaqillik bayram tadbirlari davom etmoqda


Amerikaga tandir sotayotgan marg'ilonlik hunarmand