Marg‘ilon shahridagi mahallalarda Mustaqillik bayram tadbirlari davom etmoqda






Vatanimiz Mustaqilligimizning qutlug‘ 34 yilligi arafasida Marg‘ilon shahridagi mahallalarda aholiga chinakam bayram kayfiyatini ulashish, milliy qadriyat va urf-odatlarimizni tarannum etish maqsadida bayram tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri bugun shahrimizdagi "Yangi obod" MFYda tashkil etildi. Bir dasturxon atrofida jam bo‘lgan yurtdoshlarimizning yuz-ko‘zlarida ham bugungi farovon kunlarga bo‘lgan shukronalik shukuhi aks etdi. Tadbir davomida so‘z olganlar bugungi tinch va farovon kunlarimizga shukrona keltirib, Istiqlolning so‘ngi sakkiz yilida mahalla tizimida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan yutuqlarni mamnuniyat ila e’tirof etdilar. Shuningdek, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan galdagi reja va vazifalarga ham to‘xtalib o‘tildi. Tadbir davomida, mahalla osoyishtaligi va farovonligi yo‘lida uzoq yillar mehnat qilgan faxriylar va nuroniylar hamda faollar shahar hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir davomida shahar Madaniyat markazi san’atkorlari tomonidan ijro etilgan diltortar kuy va qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilarga o‘zgacha kayfiyat ulashdi. Shukronalik shukuhi aks etgan bu kabi tadbirlar shahardagi mahallalarda davom etadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


“VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN!”

Marg‘ilon shahrida Xayriya hashari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda


Amerikaga tandir sotayotgan marg'ilonlik hunarmand