Milliy liboslar chelenji: milliylik va qadriyatlarning targ‘iboti






Marg‘ilon shahar oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan haftaning har juma kuni milliy liboslar chelenji o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tadbir milliy qadriyatlarni asrash hamda ularni keng targ‘ib qilishga qaratilgan. Jumladan, bugun shahardagi "Ansor" savdo majmuasida navbatdagi do‘ppi chelenji o‘tkazildi. Tadbirda mahallalardagi xotin-qizlar faollari milliy libos bo‘lgan do‘ppi milliy qadriyatlarimiz timsoli ekanligi haqida tushuncha berib, biri-biridan betakror va nafis bo‘lgan do‘ppilarni fuqarolarga taqdim etdilar. Ushbu chelenj shahrimizdagi barcha tashkilot va korxonalarda davom ettirilishi rejalashtirilgan. Zero, milliy liboslar nafaqat an’anaviy kiyim sifatida, balki xalqimizning tarixi va qadriyatlari ramzi sifatida ham xizmat qiladi. Milliy liboslar chelenji avlodlar o‘rtasidagi madaniy merosni saqlash va kelajakka yetkazishda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ushbu sa’y-harakatlar milliylikni asrab-avaylash yo‘lidagi yana bir qadamdir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



«Chorchinor» mahallasidagi ko‘p sonli aholi murojaati ijobiy xal etildi


"Milliy libos — millat ko‘rki" mavzusida modalar namoyishi o‘tkazildi