Seminar: “Mahalliy Kengashlar faoliyatini namunali tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”








Bugun Marg‘ilon shahrida “Mahalliy Kengashlar faoliyatini namunali tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”mavzusida Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari uchun navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, hududga biriktirilgan Senator O.Qozixonova, Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi, Mahalliy Kengashlar deputatlari faoliyatiga uslubiy ko‘maklashish bo‘limi mudiri A. Altiyev , Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining raisi X.Komilov, Marg‘ilon shahar hokimi Sh.Nisbatxonov, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari va kotibiyat mudirlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Seminar davomida so‘z olganlar tomonidan namunali Kengash faoliyatini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlarni sifatini yanada oshirish bo‘yicha fikr va mulohazalar tinglandi. Shuningdek, seminarda Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy isloxotlar bo‘yicha doimiy komissiya raisi E.Yunusov, Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi doimiy komissiyasi raisi D.Mexmonova, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri O.Axmatshayev, Xalq deputatlari shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Ermatov, Xalq deputatlari shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxkamovlar so‘z olib, shahar Kengashi deputatlari tomonidan olib borilayotgan ishlar, doimiy komissiyalar tomonidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishlar, nazorat taxlil tadbirlari hamda shahar Kengashi sessiyalarini o‘tkazilishi bo‘yicha o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Namunali Kengashlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida shu kabi o‘quv seminarlar barcha hududlarda o‘tkazilib borilishi belgilangan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Milliy liboslar chelenji: milliylik va qadriyatlarning targ‘iboti


«Chorchinor» mahallasidagi ko‘p sonli aholi murojaati ijobiy xal etildi


"Milliy libos — millat ko‘rki" mavzusida modalar namoyishi o‘tkazildi