Ortiqov G‘ulomjon Solijonovich Marg‘ilon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi boshlig'i lavozimiga vaqtincha tayinlandi



Marg‘ilon shahridagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabida shahar hokimi Shukurulloxon Nisbatxonov shahardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilish davomida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, xususan, bu borada shahar miqyosida erishilayotgan yutuq va kamchiliklar haqida so‘z bordi. Shahar hokimi o‘z so‘zida ta’lim tizimi rahbarlariga o‘z faoliyatlari davomida Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek: «Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak» degan shior ostida ish olib borishlari zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, yangi 2025-2026-o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish, ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarga zaruriy shart-sharoitlarni yaratish borasida ham tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Yig‘ilish davomida tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi. Shahar hokimi Sh.Nisbatxonov O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Ortiqov Gʻulomjon Solijonovich Marg‘ilon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga vaqtincha tyinlanganligini e’lon qildi hamda Gʻ.Ortiqovga ta’lim tizimida boshlayotgan sharafli va mas’uliyatli ish faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



