Millatlararo totuvlik bor yurtda baraka bo‘ladi








Bugun Qo‘shtepa tumanining “Borot” mahallasida millatlararo totuvlik va hamjihatlikni targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-madaniy tadbir o‘tkazildi.
Tuman hokimi, mahalliy faollar va jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik g‘oyalari ulug‘landi.
Erta tongda karnay-surnay sadolari ostida mahalla ahli tadbirga chorlandi.
Navro‘z shukuhi davom etayotgan ushbu kunlarda tashkil etilgan mazkur tadbirda borotliklar sumalak tayyorlashdi. Yosh kelin-qizlar tomonidan pishirilgan milliy taomlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Dorbozlar namoyishi-yu, sportchilarning chiqishlari, milliy o‘yinlar, kitobxonlik tadbirlari, shuningdek, milliy-hunarmandchilik mahsulotlari va yosh rassomlarning ko‘rgazmasi yig‘ilganlarda katta taassurot uyg‘otdi. Muxtasar qilib aytganda, tadbir chinakam xalq sayliga aylanib ketdi.
Tadbirda tuman Madaniyat bo‘limi, “Kabutar” folklor jamoasi, havaskor yoshlar tomonidan vatan, tinchlik va xalqlar do‘stligini tarannum etuvchi kuy-qo‘shiq, raqslardan tayyorlangan musiqiy dastur barchaning qalbiga bahoriy va bayram kayfiyatini ulashdi.
Tadbir davomida mahalla hududida joylashgan 3-sonli DMTTda tashkil etilgan “Do‘stlik bog‘i”ga tuman rahbari A.Abdullayev va tadbir ishtirokchilari tomonidan daraxt ko‘chatlari ekildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Jahon kubogi farg‘onalik bokschining g‘alabasi bilan boshlandi




Quvonchli dil so‘zlari: “O‘zbekistonning baxtli fuqarosiman”