Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
21
5
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1252025-03-27 13:02

Qo‘shtepa tumanida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi

Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida viloyat hokimligining kichik va o‘rta biznes vakillari bilan navbatdagi uchrashuvi tashkil etildi. Unda tegishli tizim mas’ullari tomonidan tumandagi tadbirkorlarning taklif va muammolari eshitildi.
Prezidentimiz joriy yilning 19 mart kuni kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, mazkur yo‘nalishdagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – bizning strategik yo‘limiz.
Viloyatimizda ham tadbirkorlarni rivojlantirishga, ularga ko‘makchi bo‘lishga muhim e’tibor qaratilyapti.
Hududlarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda har bir tadbirkorning murojaati, taklifi qo‘llab-quvvatlanyapti.
O‘tkazilgan uchrashuvda 30 nafardan ziyod tadbirkorlar va ishbilarmonlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish maqsadida ro‘yxatdan o‘tdilar.
Bank krediti olish, soliq imtiyozlaridan foydalanish, tadbirkorlikni boshlash va kengaytirish, tadbirkorlik uchun joy, import va eksportni amalga oshirish kabi masalalarda qator murojaatlar kelib tushdi.
Uchrashuv davomida ko‘plab masalalarga shu joyning o‘zida yechim belgilandi. Ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan turli masalalardagi murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz