Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI
2018-07-07 17:57:04 331
30 iyun — «Yoshlar kuni» keng nishonlandi
Mustaqil mamlakatimizda ertamiz egalari bo’lgan yoshlarni har tomonlama yetuk va barkamol inson bo’lib kamol topishlari yo’lida amalga oshirilayotgan ishlar e’tiborga sazovor. O’zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha — Harakatlar strategiyasida ham yoshlar masalasi ustuvor yo’nalish sifatida belgilab qo’yilgan. Yurtimizda aynan yoshlar uchun yaratilayotgan cheksiz imkoniyatlardan oqilona foydalanayotgan o’g’il-qiz borki, mustaqil hayotda o’zining mustahkam o’rniga ega bo’lishi yo’lida tinmay izlanmoqda.
Ana shunday izlanuvchan va bilimga chanqoq yoshlar esa buyuk ajdodlar va xalq suygan hofizu shoirlarga beshik bo’lgan qo’hna va hamisha navqiron shahrimizda ham ko’plab topiladi.
30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan shahar hokimligi katta majlislar zalida ko’zlarida shijoat, yuragida g’ayrat ufurgan, aniq maqsad yo’lida birlashib bir kuchga aylangan iqtidorli yoshlar ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Unda shahar umumiy o’rta ta’lim maktablari hamda kasb-hunar kollejlari o’quvchilari va yoshlar yetakchilari, xalqaro va yurtimiz miqyosidagi musobaqalar g’oliblari, iqtidorli yoshlar faol ishtirok etdilar.
Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbir avvalida so’z olgan shahar hokimi M.Ubaydullayev, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi shahar Kengashi raisi U.Fozilovlar ozod va obod yurtimizda yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanib, egallagan bilim va ko’nikmalarni amaliyotga joriy eta olish yetuk tajribali mutaxassis bo’lishning eng birinchi qoidasi ekanligini alohida ta’kidlab o’tdilar. Shuningdek yoshlarga oid davlat das-
turida ko’zda tutilayotgan maqsad va vazifalar, ayni kunlarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangiliklar ochiq muloqotlarda bayon etildi. Ta’lim tizimida olib borilayotgan, xususan oliy ta’lim yo’nalishlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlik faoliyatini qanday qilib amalga oshirish kabi mavzulardagi savollarga mutaxassislar atroflicha javob berib o’tishdi.
Respublikamizda “Yoshlar — kelejagimiz” davlat dasturining qabul qilingani bu yo’nalishda olib borilayotgan islohotlarning salmog’ini oshirishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir. Mamlakatimizda yoshlar va ularning taqdiri davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. Chunki, kelajak hayotimizning hal qiluvchi kuchi ham bu yoshlardir. Yoshlari bilimdon yurtning esa ertasi porloq va farovon bo’lishi shubxasiz.
Yoshlar tomonidan bildirilgan fikrlarda kitob mutolasi, kutubxonalar faoliyati, tadbirkorlik yo’nalishi, bo’sh ish o’rinlari bo’yicha o’tkazilayotgan mehnat yarmarkalarining sifat va samaradorligini yanada oshirish bilan bog’liq mavzular ilgari surildi. Ushbu yo’nalish- larda ko’rilayotgan chora-tadbirlar to’g’risida zaruriy ma’lumotlar berilar ekan, yoshlar oldida turgan muhim vazifalar ya’ni o’qish, bilim olish, dars mashg’ulotlarida to’liq ishtirok etish, xuquq- buzarlik va jinoyatchilik kabi beboshliklardan o’zini tiya bilish singari ko’plab masalalarda mulohazalar o’rtaga tashlandi.
Muloqot yakunida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etayotgan izlanuvchan, tashabbuskor yoshlarga shahar hokimligi va O’zbekiston Yoshlar ittifoqi shahar Kengashining faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alari topshirildi.
Elyor RAHMONOV,
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi shahar Kengashi yetakchi mutaxassisi.