Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
18-19 mart kunlari O’zbekistonda umumxalq xayriya hashari o’tkaziladi
2018-03-17 06:40:25 353
Navro’z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko’rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarga xos bo’lgan o’zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg’araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish, respublikaning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash maqsadida Hukumat farmoyishi qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Farmoyishga asosan 2018 yil mart-aprel oylarida mamlakatimizning barcha hududlarida obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish oyligi hamda 18-19 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o’tkaziladi.
Hashar munosabati bilan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag’lari O’zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining bankdagi hisob raqamlariga ixtiyoriy ravishda o’tkazilishi belgilandi.
Xayriya hasharidan tushgan mablag’lar kam ta’minlangan, boquvchisini yo’qotgan oilalarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalarga, nogironligi bo’lgan shaxslarga, yolg’iz qariyalarga moddiy va ma’naviy yordam ko’rsatish kabi tadbirlarga sarflanishi nazarda tutilmoqda.
Manba: O’zA.