Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
2024-07-17 21:00:29 182
Marg‘ilon shahridagi aholi hamda ulgurji iste’molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan joriy yil uchun belgilangan rejaga asosan past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda transformator punktlarini joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Xususan, shaharning "Yoyilma" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 325-sonli transformator punkti va undan chiquvchi 0,4 kVli elektr uzatish tarmoqlari ham mukammal ta’mirlanmoqda.
Ta’mirlash ishlari vaqtida nosoz izolyatorlarni yangisiga almashtirish, salqi simlar tarangligini rostlash hamda daraxt shoxlaridan tozalash ishlari bajarilmoqda.
Hududlarda elektr ta’minotini yaxshilash, elektr qurilmalari va elektr uzatish tarmoqlarini ta’mirlash ishlari davom etmoqda.