Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
#jarayon MARG’ILONDAGI "ATLAS" PODSTANSIYASINING QUVVATI OSHIRILMOQDA
2024-04-22 16:49:15 83
Bugun, "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan rejalashtirilgan yana bir yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Marg’ilon shahrining asosan markaziy hududlari hamda 18 dan ortiq mahallalarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110/35/6 kVli “Atlas” podstansiyasining quvvatini oshirishga kirishildi.
Podstansiyaga olib kelingan quvvati 25 ming kVA bo’lgan kuch transformatori, mazkur podstansiyadagi quvvati 16 ming kVA bo‘lgan kuch transformatoriga almashtirilmoqda. Mazkur jarayonga korxonaning tegishli bo‘lim, xizmatlaridan 50 nafarga yaqin malakali mutaxassislar hamda maxsus avtotransport vositalari to‘liq jalb etilgan.