Shrift o'lchami Rang Rasm

Marg'ilon shahridagi "Go'ravvol" mahallasida "Adliya kutubxonasi" tashkil etildi

×

 2024-03-27 17:23:31    309

PDF yuklash
Chop etish


Adliya vazirligi tomonidan yana bir xayrli tashabbus, ya'ni respublikamizdagi har bir tuman va shaharlarida bittadan mahallada kutubxonalar tashkil etish loyihasiga start berilgan edi.
Ushbu tashabbus doirasida Adliya organlari tomonidan barcha hududlarda kutubxonalar tashkil qilinmoqda. 
Xususan, shunday kutubxona bugun Marg‘ilon shahrining "Go‘ravval" MFY binosida tashkil qilindi. Kutubxona fondidan Prezident asarlari, oʻzbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy nashrlar va bolalar adabiyotiga oid turli xil kitoblar o‘rin olgan. 
Shu bilan birga kutubxona fondida elektron kutubxona ham mavjud.Kutubxonaning ochilish marosimida Farg‘ona Davlat arxivining sayyor ko‘rgazmalari tashkil qilindi. Yoshlar uchun ushbu ziyo maskanining ochilishi ularning bilim va koʻnikmalarini oshirishda katta samara beradi.