Shrift o'lchami Rang Rasm

"Алишер Навоий" спектакли намойиш этилди

×

 2024-02-08 17:09:41    189

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbari ishtirokida o‘tkazilgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishida idora va muassasalarda oyning bir kuni “Teatr kuni” deb belgilanib, xodimlarning teatrlarga borishini yo‘lga qo‘yish ta’kidlangan edi.
Mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri jamoasi tomonidan “Alisher Navoiy” nomli spektakli namoyish etildi. Unda ijod maktabi jamoasi, pedagoglar, o‘quvchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Asar mualliflari Nurullo Abbosxon, sahnalashtiruvchi rejissor Doston Haqberdiyevlarga maroqli kun uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Mahorat bilan kuylangan qo‘shiqlar tomoshani yanada qiziqarli, ta’sirli va ruhiy tarbiyaga boyitgani bilan tomoshabinni o‘ziga jalb qildi.