Shrift o'lchami Rang Rasm

So’ragan edingiz…

×

 2024-01-08 15:17:37    8715

PDF yuklash
Chop etish


            Savol: Hozirda 58 yoshdaman, ishlayotgan korxonam tugatilganligi munosabati bilan ishsiz qolganman. Men ushbu yoshimda ham yoshga doir pensiyaga muddatidan avval chiqishim mumkinmi?

            Javob: O’zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiyasi ta’minoti to’g’risida” gi qonunining 14-moddasiga asosan texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar, xodimlar soni yoki ish xususiyatining o’zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar:

-         erkaklar – 58 yoshga to’lganda va ish staji kamida 25 yil bo’lgan taqdirda;

-         ayollar – 53 yoshga to’lganda va ish staji kamida 20 yil bo’lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo’ladilar.

Marg'ilon shahar Adliya bo'limi yuridik markazi