Shrift o'lchami Rang Rasm

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar kengashi deputatlari, jamoat birlashmalari vakillari, manfaatdor tashkilotlar hamda Marg‘ilon shahar fuqarolari diqqatiga!!!

×

 2023-05-22 18:56:09    343

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 apreldagi PQ-117-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tashabbusli Byudjetlashtirish jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlari rejasi”ga muvofiq joriy yilning 24 may kuni soat 14:00 da Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar kengashi binosida fuqarolardan tashabbusli byudjet jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar yig‘ish va ularni muhokama qilish yuzasidan ochiq muloqot tashkil etilmoqda.

Ushbu ochiq muloqotda:“Ochiq byudjet” portali texnik imkoniyatini kengaytirish;

Ovoz berish mexanizmini takomillashtirish;

Gʻoliblarni aniqlash mexanizmini takomillashtirish;

Loyixalarni ilgari surish me’zonlari;

Tashabbusli byudjet jarayonlarni o‘tkazish muddatlari bo‘yicha loyixalar maksimal qiymatini belgilash va boshqa masalalar bo‘yicha takliflar qabul qilinadi.

Ochiq muloqotga barchangizni taklif qilib qolamiz!!!