Shrift o'lchami Rang Rasm

"Yosh kitobxon" tanlovining shahar bosqichi g'oliblari aniqlandi

×

 2022-11-01 15:05:38    209

PDF yuklash
Chop etish


Marg'ilon shahar Ma’naviyat va ma’rifat maskanida yoshlarimizni o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish maqsadida “Yosh kitobxon” tanlovining shahar bosqichi o’tkazildi.

Tanlovda sektorlar kesimida o'tkazilgan saralash bosqichlarida g’oliblikni qo’lga kiritgan 10 yoshdan 30 (10-14, 15-19, 20-30) yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etdilar. Ishtirokchilarni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Margʼilon shahar boʼlinmasi rahbari M.Yuldasheva, E.Vohidov maktabi o’qituvchisi Sh.Ismoilova, Yoshlar ishlari agentligi shahar bo’limi mutaxassisi F.Fozilova, 1-DIUM maktabi ona tili va adabiyot o’qituvchisi M.Yunusovalar baholab borishdi.

Qizg'in bellashuvlardan so'ng tanlov g’oliblari Yoshlar ishlari agentligi shahar bo’limining diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.