Shrift o'lchami Rang Rasm

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi to‘g‘risida hisobot

 2022-07-28 16:33:19    242

PDF yuklash
Chop etish


2022-yil 1-yanvar holatiga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari hisob raqamlarida 124 mln. so‘m qoldiq mablag‘lari mavjud bo‘lib, o‘tgan olti oy davomida viloyat bo‘yicha “Mahalla” xayriya jamoat fondi Marg‘ilon shahar bo‘linmasi huzuridagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisob raqamlariga 1 mlrd. 074,9 mln. so‘m mablag‘ yig‘ildi. O‘tgan olti oy davomida Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarori asosida qariyb 1 ming 837 nafar oilaga 887 mln. 247 ming so‘m mablag‘ sarf etildi.

Jumladan, mahallalarda tashkil etilgan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kirgan fuqarolarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. O‘tgan olti oy davomida “Temir daftar”ga kiritilgan  356 nafar fuqarolarni moddiy qo‘llab quvvatlashga 132 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashda ham muhim moliyaviy manba bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mazkur daftarga kirgan  250  nafardan ko‘proq xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash uchun   5 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, ko‘p farzandli oilalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga va yolg‘iz qariyalar kabi ehtiyojmand oilalarning 1231 nafariga 720 mln. 247 ming so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. 

2022-yil 1-iyul holatiga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisob raqamlarida viloyat bo‘yicha  217 mln. 658 ming so‘m pul mablag‘lari mavjud. O‘zbekiston Respublikasining «2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-73-son Qarori 8-ilovasi 20-bandiga muvofiq “Mahalla” xayriya jamoat fondi Respublika boshqaruvi tomonidan respublika miqyosida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirilishi yuzasidan hisoboti O’zbekiston 24 kanali orqali 2022 yil 20 apreldagi briffingi davomida o‘qib eshittirildi, shuningdek, respublika boshqaruvi rasmiy veb-sayti(https://obfm.uz/uz)ga 23 aprel va 26 mayda jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisobot joylashtirildi. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan kam ta’minlangan oilalarga mablag‘ ajratish faqatgina xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining qarori bilan amalga oshirib kelinmoqda