Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O‘quv-seminar Korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlari

2022-06-30 16:45:56 71
Marg‘ilon shahar hokimligi majlislar zalida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlari, davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va unga qarshi kurashish bo‘yicha ijobiy xulqni shakllantirish” mavzusidagi o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mas’ul xodimlari O.Abdug‘aniyev, R.Yuldashev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor Gʻaniyev, viloyat hokimligi korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat rahbari Farhodjon Nugmanov, viloyat mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Anvarjon Abdullayev, shahar hokimi Adham Ziyavitdinov, shuningdek, Marg‘ilon shahri, Toshloq va Qo‘shtepa tumanlaridagi mahallalarda faoliyat yuritib kelayotgan barcha hokim yordamchilari ishtirok etdilar.
Seminarda so‘z olganlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, korrrupsiyaning oldini olish borasida joriy etilayotgan yangi mexanizmlar, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati, davlat xizmatchilarining mol mulki va daromadlarini deklarasiyalash tizimini joriy etish, manfaatlar to‘qnashuvini samarali boshqarish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, hokim yordamchilari faoliyatida korrupsiyaviy omillarni vujudga kelish sabablari hamda shart-sharoitlari, ularni bartaraf etish usullari ham tahlil qilindi.Marg‘ilon shahar hokimligi Axborot xizmati