Shrift o'lchami Rang Rasm

D I Q Q A T T A N L O V ! ! !

×

 2022-04-27 18:02:12    192

PDF yuklash
Chop etish


Marg'ilon shahar hokimligi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi shahar bo'linmasi "Uvaysiy gulshani" ko'rik-tanlovini e'lon qiladi.
✅ Tanlovda Marg'ilon shahridagi umumta'lim maktablari, O'MKHT muassasalari o'quvchilari va uyushmagan yoshlar ishtirok etishi mumkin. 
✅ Tanlov quyidagi yo'nalishlar bo'yicha o'tkaziladi. 
✅ - Jahon Otin Uvaysiy hayoti va ijodi bo'yicha insholar tanlovi. 
✅ - Uvaysiy g'azallarini ifodali o'qish.
✅ - Uvaysiy g'azallariga bastalangan  qo'shiqlarning  eng yaxshi ijrosi. 
✅ - Uvaysiyga bag'ishlov she'rlar.
✅ Tanlov  3 bosqichda o'tkaziladi.
✅ 1-bosqich. Maktab, O'MKHT muassasalari va mahallalar kesimida. 29-30 aprel kunlari
✅ 2-bosqich. Sektorlar kesimida 1-bosqich g'oliblari o'rtasida shahar miqyosida 5-7 may  kunlari. 
✅ 3-bosqich. Yakuniy shahar bosqichi. 12 may kunlari Uvaysiy uy muzeyida o'tkaziladi.
✅ Tanlov g'oliblari shahar hokimligi hamda ma'naviyat va ma'rifat bo'limining faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.