Shrift o'lchami Rang Rasm

Aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari muhim ahamiyatga egadir

×

 2022-04-27 17:07:48    259

PDF yuklash
Chop etish


Aholini ro‘yxatga olish bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyasi hisoblanadi. Hozirgi kungacha dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘tkazildi. Mazkur tadbir butun dunyo aholisining umumiy, keng ko‘lamli qiyofasi yaratilishiga xizmat qiladi. Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini o‘rganishda mamlakat hududida o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Manbalarda keltirilishicha, O‘zbekiston hududida dastlabki aholi ro‘yxatga olish 1897 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu ro‘yxatga olish tadbiri ma’lumotlari XIX asr oxirida O‘zbekistonda mavjud oilalar, aholi soni, aholining yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug‘ilish, o‘lim kabi demografik jarayonlar haqida tasavvur hosil qilishga yordam bergan. Keyinchalik O‘zbekiston hududida 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda aholini ro‘yxatga olish ishlari tashkil etilgan. Aholining rivojlanishi uning tarkibiy tuzilishi, xususiyatlari va demografik jarayonlarning uzluksiz ravishda o‘zgarib borishi ta’sirida sodir bo‘lib boradi. Shu sababli aholini tadqiq etish doimiy ravishda xususiyatlarini kuzatib oorish talab etiladi. Dastlab qadimgi Gretsiya, Vavilon, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya va Misrda kabi mamalakatlarda aholini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkazilgan.

Shu davrda soliq yig‘ish, ya’ni boj olish hamda harbiy maqsad uchun asosan erkaklar sonini aniqlash muhim bo‘lgan va asosan erkaklar ro‘yxatga olingan. Aholini ilk bor rasmiy ro‘yxatga olish 1790 yil AQShda, keyinchalik 1800 yil Shvetsiya va Finlandiyada, 1801 yil Angliya, Daniya, Norvegiya va Fransiyada o‘tkazilgan. Ammo ro‘yxatga olish juda oddiy shaklda bo‘lib, uzoq muddatga cho‘zilgan.

Ikkinchi jahon urushidan keyin aholini ro‘yxatga olish tizimi yanada takomillashtirildi. 1945-1954 yillarda 151 ta davlatda, 1965-1974 yillarda 179 ta davlatda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilgan.

XIX asrga kelib, aholini ro‘yxatga olish juda kengaydi. Aholini ro‘yxatga olish aholi xaqida axborot to‘plashning eng keng ko‘lamli va ko‘p maqsadli tadbirdir. Qator Yevropa mamlakatlarida statistika tashkilotlari tuzildi. Aholini ro‘yxatga olish ilmiy dasturlar asosida olib borilishi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, 1870-1879 yillarda dunyoning 48 ta, 1890 yillarda esa 57 ta davlatida aholi ro‘yxati o‘tkazilgan. XIX asr oxirida dunyo aholisining 21 foizi ro‘yxatga olingan bo‘lsa, XX asr boshida 54 foiz aholi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.