Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SIFAT VA MAHORAT UYG’UNLIGI
2018-06-23 07:57:10 384
Prezident tashrifidan so’ng
Farg’ona va Marg’ilon shaharlarini birlashtiruvchi yo’lning o’rtasida savlat to’kib turgan go’zal koshona “Narimteks” MChJga kirib borar ekansiz, muhtasham ofisda yuzlarida o’ktam ishonch, ishbilarmonlik va o’ychan ifoda balqqan yosh-yosh yigit va qizlarni ko’rib, bu korxonadagi ishning shiddati va unga bo’lgan mas’uliyatni darrov his etasiz.
Ha, bu maskanda har bir ishchi va xizmatchilar o’z vazifasini sidqidildan va mahorat bilan bajarishga intiladi, eng muhimi izlanadi. Jamoa a’zolarining har birida yangi innovatsion g’oyalar asosida liboslar yaratish istagi kuchli. Shu bois bo’lsa kerak, jamoa kun sayin zafar quchib, mahsulot sifati tobora elga manzur bo’lib, uning dovrug’i hatto xorij davlatlarida ham shuhrat qozonmoqda.
Korxonada ishlab chiqarish texnologiyalari zamonaviy va ilg’or. “Durkopp Adler” va “Strobel” kabi dastgohlar Germaniyadan keltirilgan bo’lsa, “Juki” tikuv mashinalari esa Italiyadan olib kelingan. Peshqadam korxonada bugun 160 nafar o’z kasbining ustasi, ishga ijodkorlik va mehr-muhabbat bilan yondoshadigan g’ayratli va mehnatsevar chevar yoshlar mehnat qilishadi.
— Korxonamiz yiliga 40 ming dona, 8 milliard so’mlik ayollar kuzgi va qishki kiyimlarini ishlab chiqaradi. Ularning andozalari, rangi va o’lchamlari turlicha. Biz ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning tashqi ko’rinishi va fasoni ham ayollarning yoshiga qarab tanlanadi. Liboslarimiz yosh qizlar, kelinchaklar, o’rta yoshli va keksa ayollarga mo’ljallangan. Korxonamiz har bir mavsumda yangi dizayn asosida mahsulot ishlab chiqaradi. Bir xillik xaridorni bezdirsa, xilma-xillik, izlanish va yangi loyihalar asosida ish tashkil etish xaridorni ko’paytiradi, mahsulotga bo’lgan talabni oshiradi. Shu bois bo’lsa kerak, biz ishlab chiqarayotgan mahsulotlar peshtaxtalarda xaridorini kutib oylab yotmaydi, aksincha ayollarimiz ularni izlab topib, tezda xarid qiladilar va suyub kiyadilar. Axir ayollar xushbichim ko’ylaklarda o’zlarini yanada go’zal va malohatli his etadilar, — deydi korxona direktori Nargiza Aminova.
Kelajakda korxona yanada kengayib, Toshkent shahrida mohir bichuvchi, tikuvchi va texnolog konstruktor hamda mo-
delerlarni tayyorlaydigan mutlaqo zamonaviy “Dizayn” o’quv markazi bunyod etiladi. Bundan tashqari, “Jun” aralashmali matolar ishlab chiqarish investitsion lo- yihasi asosida harbiylar va davlat xizmatchilari uchun aralashmali matolardan issiq va sifatli kiyim bosh ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Yangi loyiha amalga oshsa, shahrimizda yangi tikuv fabrikasi ishga tushirilib, yana 300 nafar kishi ish bilan ta’minlanadi. Bozorlardagi talab va taklif inobatga olinib, Drap, kashemir, tvid,bukle,velyur, gabardin,reps, flanel kabi pishiq, qalin va junli matolardan tayyor kiyimlar ishlab chiqariladi.
— Uchrashuv chog’ida Muhtaram Yurtboshimizning yuzlaridagi mamnuniyat va samimiy e’tibor biz tikuvchilarning o’z ishimizga bo’lgan ishonchimizni orttirib, intilishimizni yanada mus- tahkamladi. Kunlarimiz behuda, besamar o’tmayotganiga, elga, davlatga nafimiz tegayotganidan faxrlandik. Bizlarning kamtarona mehnatimizni qadrlagan Prezidentimizga chin dildan tashakkur aytamiz, — deydi bichish sexi operatori Dilnoza Shermatova.
— Korxonada ish hamisha qizg’in. Diana Mustafoyeva, Barchinoy Abdullaye- va, Nilufar Fozilova, Nozima Qoraboyeva, Doniyorjon Obidov, Bobur Haydarov kabi tajribali ishchilar uning faxri. Kelgusida Narimteks nafaqat ichki bozorda, balki xorij bozorlarida ham o’zining millionlab xaridoriga ega bo’lgan
dunyoning “Max Mara” hamda “Lara Piana” kabi mashhur firmalari kabi shuhrat qozonishiga va nafaqat mamlakatimizdagi balki dunyodagi iqtisodiy baquvvat korxonaga aylanishiga shak-shubha yo’q. Korxonadagi mehnatga ijodiy munosabat va yangilikka rag’bat unga dunyo bozorlari eshiklarini ochaveradi.
Masturaxon SAIDMURODOVA.