Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MEHNAT YaRMARKASI
2018-05-30 17:47:11 418
Kishilarning turmush farovonligini oshirish, aholining, ayniqsa yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash bugun har qachongidan ham dolzarb tus olgan. Shahar hokimligi, prokuraturasi, davlat soliq inspeksiyasi, ichki ishlar bo’limi, iqtisodiy kompleks xodimlari, Yoshlar ittifoqi hamda bandlikka ko’maklashish markazi hamkorligida shahrimizdagi Akademik litseyda bo’lib o’tgan mehnat yarmarkasi ham shahrimizdagi ishsiz aholi, ayollar va uyushmagan yoshlar, jazo muddatini o’tab qaytganlar bandligini ta’minlashga qaratildi.
Unda shahrimizdagi 80 ta korxona, tashkilot va o’quv muassasalari 880ta bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etdilar. Tadbir davomida esa 200 nafar fuqaro muayyan korxona va tashkilotlarga ishga joylashtirilib, ularning mehnat bilan bandligi ta’minlandi.
Tolibjon ASOMUTDINOV,
shahar Bandlikka ko’maklashish markazi direktori.