Shrift o'lchami Rang Rasm

Arzon, barqaror narxlarda

×

 2017-12-24 07:40:53    401

PDF yuklash
Chop etish


Shahrimizning  beshta hududida yangi yil savdosi yarmarkalari faoliyat ko’rsata boshladi.

«Viloyat hokimligining Yangi yil bayrami arafasida va bayram  kunlari  ijtimoiy muhim turdagi  oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tizimli va yetarli miqdorda  yetkazib berish hisobiga aholi ehtiyojini kafolatli   qondirish hamda narxlarni barqaror saqlanishini ta’minlash haqida»gi yig’ilishi bayoni topshiriqlarini bajarilishini ta’minlash maqsadida shahrimiz markazi, Yangi Marg’ilon va Ipakchilar shaharchalari, “Chilonzor” va “Vatan” mahalla fuqarolar yig’ini xududlarida arzonlashtirilgan bayram savdo yarmarkalari faoliyati yo’lga qo’yildi.

— Savdo yarmarkalarimizda oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi, qandolatchilik, go’sht mahsulotlari, tuxum,  yaxna va spirtli ichimliklarning keng assortimentdagi  savdosi yo’lga qo’yilgan, -deydi «Dehqon bozori» AJ raisi Ibrohimjon Azizov. — Shu kunga qadar  Buvayda, Toshloq, Qo’shtepa va Yozyovon  tumanlaridan  biriktirilgan  fermer xo’jaliklari tomonidan 14500 kg. go’sht, 200 kg. baliq, ko’plab meva va sabzavotlar keltirilib arzon narxlarda aholiga sotildi. Yarmarka  savdolari 2018 yil 10 yanvarga qadar davom etadi. Yarmarka savdosi pavilonlarida  yangi yil  dasturxoningiz uzun zarur bo’lgan barcha mahsulotlar mavjud.

Zero, bayram savdo yarmarkalarida amalga oshirilayotgan ishlar tegishli mas’ullar tomonidan nazoratga olinib borilyapti. Shunday ekan, arzon, barqaror oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi va boshqa kundalik extiyoj mahsulotlari xarid qilishni istasangiz savdo yarmarkalariga  marxamat qiling!

 

M.MIRZAJONOV,

o’z muxbirimiz.

 

D.RAHMONOV olgan surat.

 

“Marg’ilon haqiqati” gazetasidan olindi.