Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAYYOR SUD
2024-04-01 17:53:50 9784
Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudi tomonidan shahardagi Ma‘naviyat va ma‘rifat markazida sayyor sud majlisi tashkil etildi.
Unda sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o'tab kelayotgan jami 36 nafar mahkumlarga nisbatan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqilib, tayinlangan jazo turlari bo‘yicha o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan 33 nafar mahkumlar O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasi tartibida jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilingan bo‘lsa, jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan 3 nafar mahkumlarga nisbatan tayinlangan jazolar og‘iroq turdagi jazolarga almashtirildi.
Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga mamlakatimizda yangi qabul qilingan qonun hujjatlari, qarorlar va farmoyishlar, ularning asosiy mazmun-mohiyati haqida ham tushuntirishlar berildi.